Vladimir Norov Choʻlponota shahrida Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlarining yigʻilishida ishtirok etdi
Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati
2022-yil 20-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Choʻlponota shahrida (Qirgʻiz Respublikasi) Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlarining yigʻilishida ishtirok etdi.
Tadbir ishtirokchilari Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining boʻlajak Maslahat uchrashuviga tayyorgarlikning tashkiliy va mazmunli jihatlarini muhokama qildilar.
Xususan, Sammit kun tartibi va dasturi, davlat rahbarlari tomonidan koʻrib chiqish uchun taqdim etiladigan yakuniy hujjatlar loyihalari koʻrib chiqildi va maʼqullandi.
Markaziy Osiyoda siyosat, savdo, investitsiya, sanoat, transport, ekologiya, energetika, mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash, zamonaviy xavf-xatar va tahdidlarga birgalikda qarshi kurashish sohalarida davlatlararo hamkorlikning bugungi holati hamda istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
V.Norov oʻz nutqida bugungi kunda Markaziy Osiyoda davlat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli prinsipial jihatdan yangi doʻstlik, hamkorlik va oʻzaro ishonch muhiti shakllanganini taʼkidladi. Mintaqa mamlakatlari koʻplab xalqaro masalalar boʻyicha mushtarak pozitsiyaga ega va hatto eng murakkab masalalarda ham oʻzaro maqbul yechim topadi.
Shu bilan birga, zamonaviy voqeliklarni hisobga olgan holda, Markaziy Osiyoda hamkorlikni mustahkamlash boʻyicha qatʼiy qadamlar qoʻyish, yuzaga kelayotgan tahdidlarga oʻz vaqtida javob berish va oqibatlarini yumshatish boʻyicha tegishli tashabbus hamda yangi yondashuvlarni ishlab chiqish zarurligi qayd etildi.
Xususan, yaqin savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy siyosat yuritish, tadbirkorlik subyektlari va hududlar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni yoʻlga qoʻyish, mintaqaning transport-tranzit salohiyatini rivojlantirish, tabiiy resurslarni birgalikda samarali boshqarish muhimligi taʼkidlandi. Taʼkidlanganidek, bu yoʻnalishlarda qoʻshma chora-tadbirlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi butun Markaziy Osiyo makonining barqaror rivojlanishi uchun har tomonlama samara beradi.
Afgʻonistondagi mavjud vaziyatga alohida eʼtibor qaratildi. Afgʻon xalqiga gumanitar yordam koʻrsatishda hamkorlikni davom ettirish dolzarbligi taʼkidlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring