Vladimir Norov AQSHning Oʻzbekistondagi yangi elchisi Jonatan Devid Xenik bilan uchrashdi
Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati
2022-yil 15-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Amerika Qoʻshma Shtatlarining Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Jonatan Devid Xenikni qabul qildi.
Uchrashuv Vazirga Elchi tomonidan ishonch yorliqlari nusxalarini topshirish marosimi bilan boshlandi. Oʻz navbatida, V.Norov Elchini lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi va kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
Suhbat davomida ilgari erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni, shuningdek, ikki tomonlama darajada va “C5+1” shaklida boʻlajak tadbirlar jadvali koʻrib chiqildi.
Savdo-investitsiya aloqalarini rivojlantirish, jumladan, Oʻzbekiston iqtisodiyotiga Amerika kapitali va texnologiyalarini jalb qilish, toʻqimachilik, farmatsevtika, energetika, AKT jabhalarida qoʻshma korxonalar tashkil etish, moliyaviy hamkorlikni mustahkamlash imkoniyatlari mavjudligi qayd etildi.
Tomonlar, shuningdek, Afgʻonistondagi vaziyat boʻyicha ham fikr almashdilar. Ushbu mamlakatga xalqaro yordamni kengaytirish zarurligiga qayd etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring