Vladimir Norov AQSH Davlat kotibi yordamchisi bilan uchrashdi
Foto: “Xalq soʻzi”/Sirojiddin Vohidov
2022-yil 24-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov mamlakatimizga tashrif buyurgan AQSH Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari boʻyicha yordamchisi Donald Lu bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Tomonlar turli sohalardagi Oʻzbekiston — AQSH munosabatlarining bugungi holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qildilar.
Amerika tomoni Oʻzbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan oʻzgarishlarni, shuningdek, mamlakatimizning amaliy va ochiq tashqi siyosat yoʻlini yuksak baholadi. AQSH hukumati Oʻzbekistonda islohotlar jarayoniga faol koʻmaklashishga tayyorligi taʼkidlandi.
Soʻnggi yillarda siyosiy muloqotni faol tus olgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Yillik maslahatlashuvlar mexanizmini Strategik sheriklik muloqotiga aylantirish toʻgʻrisidagi qaror va uning birinchi majlisi 2021-yili Toshkent shahrida muvaffaqiyatli oʻtkazilishi ikki tomonlama aloqalar tarixida muhim voqea boʻldi va tomonlarning oʻzaro hamkorlikni kompleks rivojlantirishga tayyorligini koʻrsatdi.
Vashington shahrida Strategik sheriklik muloqotining navbatdagi sessiyasini va uning ekspertlar darajasidagi sohaviy uchrashuvlarini oʻtkazishga puxta tayyorlarlik koʻrish muhimligi taʼkidlandi.
Oʻzbekiston va Qoʻshma Shtatlarning infratuzilma, energetika, transport, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishiga qarshi kurash sohalarida aniq natijalarga erishish maqsadida “C5+1” shaklidagi hamkorlikni davom ettirishdan manfaaotdorligi qayd etildi.
Mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. Oʻzbekistonning Afgʻonistonga gumanitar yordam koʻrsatish, ushbu mamlakatda uzoq muddatli tinchlik oʻrnatish va uning iqtisodiy tiklanishiga yordam beradigan loyihalarni ilgari surish borasidagi saʼy-harakatlari yuksak baholandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring