“Vizaning oʻzi yetarli emas”: Migratsiya agentligi ogohlantirish bilan chiqdi (+video)

11:10 11 Fevral 2026 Jamiyat
306 0

Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar orqali firibgarlar tomonidan “xorijdagi oson ish” va mavsumiy ishlar haqidagi takliflar koʻp uchramoqda. Afsuski bunday takliflarga aldanib, mablagʻlarini boy berayotgan fuqarolar ham yoʻq emas.

Migratsiya agentligi internetda tarqalayotgan shu kabi reklamalarga aldanib qolmaslikka chaqirdi. Bildirilishicha, koʻp hollarda bunday reklamalar firibgarlar tomonidan tarqatiladi.

Shu sababli, xorijga ishga bormoqchi boʻlgan fuqarolar quyidagilarga amal qilishlari lozim boʻladi:

  • Faqat litsenziyaga ega rasmiy agentliklar orqali ish toping;
  • Shartnoma imzolashdan oldin barcha majburiyat va huquqlarni diqqat bilan tekshiring;
  • Vizaning oʻzi bu ish joyi bor degani emas, shartnoma bandlarida ish bilan taʼminlanishingiz kafolatlanishi shart.

Shuningdek, har qanday ish taklifini ishonchli yoki ishonchsiz ekanligini Migratsiya agentligining 1282 qisqa raqami orqali aniqlashingiz mumkin boʻladi.

“Xorijda ishga joylashtirish vakolati boʻlmagan konsalting firmalardan oʻzingizni himoya qiling – vaqtingiz va mablagʻingizni asrang”, — deyiladi ogohlantirish xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер