Vinisius Junior va Kilian Mbappe yana yetakchi roliga qaytdi
Kecha Ispaniya La Ligasi musobaqasining 2-tur oʻyinlari davom ettirildi. Tur doirasida Xavi Alonso boshchiligidagi “Real Madrid“ jamoasi liga debyutanti “Real Ovyedo“ klubi maydoniga safar qildi.
Uchrashuv “qaymoqranglilar“ning 0:3 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda hisob 37-daqiqada Kilian Mbappe tomonidan ochildi. Shuningdek, 83-daqiqada Kilian dublga erishdi. Ikkinchi taymga qoʻshib berilgan uchinchi daqiqa oʻtib borayotgan vaqtda Vinisius Junior oʻyindagi soʻnggi golni kiritdi.
Uchrashuv Madrid klubining toʻla ustunligi ostida oʻtdi. “Real Ovyedo“ posboni Aaron Eskandell 8-marta seyv namoyish etishiga toʻgʻri keldi. “Sofascore” portali tomonidan oʻyinning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Kilian Mbappe 9,2 ballga loyiq koʻrildi. Jamoaning yangi hujumchisi Franko Mastantuono esa birinchi marta asosiy tarkibda maydonga tushdi.
Endi “qirollik klubi“ 31-avgust kuni La Liga 3-turi doirasida “Malyorka“ jamoasini qabul qiladi. Shundan soʻng jamoa yetakchilari FIFA kunlari sabab oʻz terma jamoalariga qaytib ketadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring