Viloyatda koʻp oʻzgarishlar boʻlyapti, lekin boshqa viloyatlarga nisbatan Qashqadaryo orqada — Shavkat Mirziyoyev
Foto: president.uz
Davlat rahbari yangi tashkil qilingan Koʻkdala tumani faollari bilan muloqot qilmoqda. Uchrashuv “Chiroqchi klaster” tikuv-trikotaj korxonasida boʻlib oʻtmoqda.
Shavkat Mirziyoyev:
— Avvalambor sizlar bilan barcha niyatlar amalga oshadigan Roʻzai Ramazon kunlarida uchrashayotganimizdan xursandman. 2021-yil 11-oktyabrda kelganimizda yirik Chiroqchi tumanini ikkiga boʻlish taklifini bergan edim. Adolatni tiklab, odamlarga yengillik boʻlishi uchun shu qarorga kelindi.
Oʻzingiz koʻryapsiz, vaqt shiddat bilan oʻtib ketyapti. Viloyatda koʻp oʻzgarishlar boʻlyapti, lekin boshqa viloyatlarga nisbatan Qashqadaryo orqada. Qoraqalpogʻistondan keyin bu yerga kelishimdan maqsad — bu yerdagi mard, mehnatkash va tanti xalq hayotida oʻzgarishlar qilish. Qashqadaryoda 813 ta mahalla boʻlsa, har bir mahallaga prezident vakillari kirdi: hokim yordamchisi, yoshlar yetakchilari va ayollar masalalariga masʼullar ishlayapti. Metin intizom, fidoyilik bilan mahalladan boshlab odamlarni rozi qilish uchun ishlash kerak.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring