Vyetnamda tayfun sababli qariyb 600 ming kishi evakuatsiya qilinmoqda

13:04 25 Avgust 2025 Dunyo
92 0

Vyetnam hukumati “Kadziki” tayfuni yoʻnalishi ostida qolayotgan bir nechta viloyatlardan 586 ming nafar aholining evakuatsiya qilinishini eʼlon qildi. Bu haqda CNBC xabar berdi.

Boshqa hududlarda yashovchilarga esa asosiy tayfun toʻlqini oʻtib ketguncha uydan chiqmaslik tavsiya qilingan.

“Kadziki” tayfuni 20-avgust kuni Filippin yaqinidagi dengiz hududida shakllangan boʻlib, asta-sekin tezlashib, Xitoy va Vyetnam tomon harakatlanmoqda. Shamol tezligi soatiga qariyb 200 km gacha yetmoqda.

Avvalroq tayfun Xitoyning Xaynan provinsiyasi ustidan oʻtib, mashhur dengizboʻyi kurorti — Sanya shahriga ham zarba bergan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер