Vyetnamda “Kadziki” tayfuni oqibatida uch kishi halok boʻldi, 13 kishi jarohatlandi
Vyetnamning markaziy hududida “Kadziki” tayfuni kuchli zarar yetkazdi. TASS xabar berishicha, tabiiy ofat natijasida kamida 3 kishi halok boʻlgan, yana 13 nafar fuqaro jarohat olgan.
Maʼlumotga koʻra, halokat holatlari Ninbin, Ngean va Xatin provinsiyalarida qayd etilgan.
Tabiiy ofat oqibatida 6,8 mingdan ortiq uy jabr koʻrgan yoki qisman vayron boʻlgan, 3,1 ming uy esa suv ostida qolgan. Yomgʻirlar 31 ming gektardan ziyod dunyoning asosiy mahsuloti hisoblangan sholi maydonlarini va 2,2 ming gektar mevali bogʻlarni vayron qilgan.
Shuningdek, 1,7 milliondan ortiq aholi elektr taʼminotisiz qolgan, chunki tayfun 740 dan ziyod elektr ustunlarini yiqitgan.
Bundan tashqari, mamlakatning Markaziy qismidagi ikki aeroport faoliyati vaqtincha toʻxtatilgan. Natijada 30 ta reys boshqa aeroportlarga yoʻnaltirilgan, 35 ta reys esa bekor qilingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring