Vengriya va Niderlandiyadan zamonaviy laboratoriya uskunalari olib kelindi
Ayni paytda mamlakatimizda 5800 dan ortiq baliqchilik xoʻjaliklari tomonidan 63 ming gektar sunʼiy hamda 537 ming gektar tabiiy suv havzalarida baliq yetishtirilmoqda.
2023-yili ushbu soha faoliyatini rivojlantirish maqsadida lichinka ishlab chiqarishga ixtisoslashgan quvvati 390 mln dona boʻlgan 7 ta inkubatsiya sexlari ishga tushirildi. Natijada bunday korxonalar faoliyati 113 taga, yillik quvvati 5,2 mlrd. donaga yetkazildi. Baliq chavoqlarini yetishtirish maqsadida 270 gektar maydonda quvvati 14 mln. dona boʻlgan reproduktor havzalar foydalanishga topshirildi.
Shuningdek, sovuq suv baliqlarini yetishtiruvchi xoʻjaliklar soni 24 taga va ularning quvvati esa 6 ming tonnaga yetkazildi. Aynan ushbu yoʻnalishda oʻtgan yili 5 ta loyiha amalga oshirilib, 1,2 ming tonna yangi quvvatlar ishga tushirildi.
Bu borada intensiv usulda baliq yetishtirish texnologiyalarining joriy etilishi yanada rivojlantirilib,1 gektar maydonda baliq yetishtirish hosildorligi 3-4 barobarga oshirildi. Hozirda mazkur yoʻnalishdagi saʼy-harakatlar doirasida 8 ming gektardan koʻproq maydonlar intensivlashtirildi. Misol uchun, Xatirchi tumanidagi “Yukang Fish Bred” MCHJ tomonidan 50 gektar, Xiva tumanida joylashgan “Bekchan Usta” fermer xoʻjaligida 26 gektar hamda Yangiyoʻl tumanidagi “Fish xaus” MCHJ tomonidan 30 gektar maydonda intensiv usulda baliq yetishtirish ishlari tashkil etildi.
— 2023-yili umumiy qiymati 712 mlrd. soʻm boʻlgan 241 ta loyihalar ishga tushirildi, 2500 ta yangi ish oʻrini yaratildi, — deydi “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi raisining birinchi oʻrinbosari Kamolxoʻja Ismoilxoʻjayev. — Baliqchilik sohasini ilm-fan yutuqlari asosida rivojlantirish maqsadida uyushma qoshidagi Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda Namangan davlat universitetida Vengriya va Niderlandiyadan zamonaviy laboratoriya uskunalari olib kelindi. Natijada baliq kasalliklari va suvning biokimyoviy tarkibini tahlil qilish boʻyicha Ixtiopatologiya laboratoriyalari faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring