Venada Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar eʼtirof etildi

14:29 03 Mart 2023 Siyosat
547 0

2023-yilning 23–24-fevral kunlari Avstriyaning Vena shahrida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Parlament assambleyasining navbatdagi qishki sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Mazkur sessiyada Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari ham ishtirok etib, sessiya doirasida Parlament assambleyasining vitse-prezidenti, Korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha maxsus vakili, YXHTning OAV erkinligi masalalari boʻyicha vakili hamda Vena diplomatiya akademiyasi direktori bilan bir qator davra suhbati va uchrashuvlar tashkil etildi.

Tadbirlarda ishtirokchilarga “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga bagʻishlab tayyorlangan kitob, risola va infografik toʻplamlar tarqatildi.

Shu bilan birga, Oliy Majlisi Senati raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev hamda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakovlar tomonidan Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida maʼlumot berib oʻtildi.

Xususan, amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida rivojlangan xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribasi, nufuzli xalqaro tashkilotlarning tavsiya va takliflari inobatga olinib kelinayotganligi taʼkidlandi. Bunda, Oʻzbekistonda qabul qilinayotgan hujjatlar BMTning tavsiyalari va Barqaror rivojlanish maqsadlari hamda YXHTning tamoyillariga mos boʻlishiga alohida ahamiyat qaratilayotganiga urgʻu berildi.

Taqdimot va tadbirlar davomida ishtirokchilar tomonidan Oʻzbekistonda amalga oshirilgan islohotlarga katta qiziqish bildirilib, fikr va mulohazalari tinglandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер