Velosportchilarimiz ilk bor Olimpiya oʻyinlariga toʻrtta yoʻllanma qoʻlga kiritishdi

Velosportning shosse yoʻnalishi boʻyicha Parij-2024 Olimpiadasiga reyting ochkolarini jamgʻarish davri yakuniga yetdi. Quvonarlisi, Xalqaro velosipedchilar ittifoqi (UCI) tomonidan eʼlon qilingan reyting yakuniga koʻra, boʻlajak Olimpiadaga Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi 3 ta, erkaklar termasi esa 1 ta yoʻllanmaga sazovor boʻldi.
Ayollar toifasidagi litsenziyalarning 2 tasi guruh poygasi, 1 tasi esa shaxsiy poyga dasturiga toʻgʻri keladi. Qizlarimiz 1942 ochko bilan ushbu siklda ishtirok etgan 103 jamoa orasida 17-natijani qayd etgan. Bu Osiyo mamlakatlari orasida eng yuqori koʻrsatkich boʻldi.
Yigitlarimiz esa 1228 ochko bilan 105 jamoa orasida 32-natijani koʻrsatishdi. Bu ularga guruh poygasi yoʻnalishida 1 ta yoʻllanmani taqdim qildi. Qoidaga koʻra, barcha kvotalar terma jamoa uchun taqdim qilingan. Ushbu dasturlarda qaysi atletlarimiz Parij-2024 Olimpiadasida startga chiqishi keyinroq murabbiylar shtabi tomonidan maʼlum qilinadi.
Qayd etish joiz, velosportchilarimiz Olimpiya oʻyinlariga birinchi bor 4 ta yoʻllanma qoʻlga kiritishmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring