Veloshosse boʻyicha oʻzbekistonlik qizlar finishga 51 va 70-oʻrinda yetib keldi
Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.
Bugun velosportchilarimiz Olga Zabelinskaya hamda Yanina Kuskova guruh poygasi dasturidagi ishtiroklarini boshlashdi. Dasturga koʻra, 93 nafar sportchi 158 km masofani bosib oʻtishdi.
Veloshosse boʻyicha ayollar oʻrtasidagi guruh poygasida kechagidan farqli ravishda finishga yurtdoshlarimiz ham yetib kela oldi.
Yakunda Yanina Kuskova 51, Olga Zabelinskaya esa 70-boʻlib finish chizigʻini kesib oʻtdi.
Oltin medalni amerikalik Kristiyen Faulkner qoʻlga kiritgan boʻlsa, kumush va bronza medallari mos ravishda niderlandiyalik Marian Vos hamda belgiyalik Lotte Kopekiga nasib etdi.
Avvalroq, Hasanboy Doʻsmatov -51 kg vazn toifasida finalga chiqqandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring