“Vaziyatga jiddiy yondashing”: Isroildagi oʻzbekistonliklar ogohlantirildi

20:42 27 Fevral 2026 Jamiyat
634 0

Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi ushbu mamlakatda boʻlib turgan fuqarolarga murojaat qilib, hozirgi vaziyatni inobatga olgan holda xavfsizlik choralariga jiddiy eʼtibor qaratishga chaqirdi.

Fuqarolardan mintaqada xavfsizlik holati tez oʻzgarishi mumkinligi sababli, quyidagi tavsiyalarga amal qilish soʻralgan:

  • Isroil rasmiy idoralari va mahalliy hokimiyat organlarining xabar va koʻrsatmalariga amal qiling;
  • Ommaviy tadbirlar oʻtkazilayotgan joylarga borishdan va odamlar gavjum hududlarda uzoq vaqt qolishdan saqlaning;
  • Sayohat va harakatlanishni rejalashtirishda ehtiyotkorlikka rioya qiling, ayrim hududlarga safarni vaqtincha kechiktirishni koʻrib chiqing;
  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlaringizni doimo oʻzingiz bilan olib yuring hamda yaqinlaringiz bilan doimiy aloqada boʻling.

Shuningdek, elchixona bilan bogʻlanish uchun 03-672-2466, 03-672-2371, 03-758-5075, 03-758-5076 raqamlariga, favqulodda va shoshilinch xabarlar uchun +972 54 485 1397 raqami yoki «il.uzembassy@mfa.uz» elektron pochtasi orqali aloqaga chiqishlari mumkinligi eslatib oʻtilgan

“Iltimos, vaziyatga jiddiy yondashing va xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya qiling”, — deyiladi elchixona ogohlantirish xabarida

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?