Vazirlik, idoralarning kadrlar bilan ishlash boʻlinmalari rahbarlari bilan muloqot qilindi

Foto: Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi
Maʼmuriy islohotlarning navbatdagi bosqichini amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni imzolandi.
Farmonga koʻra, Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari – vazirliklar, qoʻmitalar, agentliklar va inspeksiyalar (keyingi oʻrinlarda – vazirlik va idoralar) hamda ular hududiy va tuman (shahar) boʻlinmalarining Davlat byudjeti hamda byudjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan jami boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni tasdiqlandi. Vazirlik va idoralarning byudjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha boshqaruv shtat birliklarini kiritish qatʼiyan taqiqlandi.
Vazirlik va idoralar tizimida qisqartirilayotgan 17 447 ta shtat birliklari masalasi, xodimlarni ish bilan taʼminlash, bu yoʻnalishdagi tashkiliy chora-tadbirlarni toʻgʻri va qonunchilikka muvofiq amalga oshirish dolzarb hisoblanadi. Aynan shu maqsadda Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Adliya vazirligi masʼullari vazirlik va idoralarning kadrlar bilan ishlash boʻlinmalari rahbarlari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Muloqotda PF-14-sonli Farmoniga muvofiq shtatlar jadvalini tuzish, xodimlarni ishga qabul qilish, mehnat munosabatlarini davom ettirish va bekor qilishni rasmiylashtirishda eʼtibor qaratilishi muhim boʻlgan masalalar yuzasidan aniq tushuntirishlar berildi.
Asosiysi, qayta tashkil etilayotgan va boʻysunuvi oʻzgarayotgan organlardagi xodimlar bilan mehnat munosabatlarini Mehnat kodeksida koʻrsatilgan tartibda davom etishiga urgʻu berildi hamda shtati boʻyicha esa avval ularni malakasi va mutaxassisligi toʻgʻri keladigan boʻsh ish oʻrinlariga joylashtirish choralarini koʻrish, umuman imkonsiz hollardagina boʻshatish mumkinligi haqida yoʻl-yoʻriqlar berildi.
Bu jarayonda asosiy masʼuliyat yuklatilgan kadrlar bilan ishlash boʻlinmalari masʼullari ham mehnat munosabatlarini rasmiylashtirish bilan bogʻliq savollariga javob olishdi.
Ishtirokchilar muloqot ayni vaqtida tashkil etilgani, Farmon ijrosini taʼminlashda faqat va faqat amaldagi qonunchilikka muvofiq ish koʻrilishi haqida tushuntirishlar berilganini maʼlum qilishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Taekvondochilarimiz klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionatini 14 ta medal bilan tugatishdi
- Duatlon: eng kuchlilar ma’lum bo‘ldi
- Sambo: vakillarimizning xalqaro turnirdagi muvaffaqiyati
- Oʻzbekistonlik bokschilar Osiyo chempionatida 27 ta medalga ega chiqdi
- 2025-yilgi FIDE Jahon rapid va blits chempionati Qatarda oʻtkaziladi
- Og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati boshlanmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring