Oʻzbekistonlik bokschilar Osiyo chempionatida 27 ta medalga ega chiqdi
Iordaniyaning Amman shahrida boʻlib oʻtgan boks boʻyicha U15 va U17 yosh toifalaridagi Osiyo chempionati oʻz nihoyasiga yetdi. Musobaqaning soʻnggi kunida 17 yoshli sportchilar oʻrtasidagi final janglari tashkil etildi. Bunda yurtimiz bokschilari umumiy hisobda 8 ta oltin, 7 ta kumush va 4 ta bronza medalini qoʻlga kiritishdi.
Oltin medalga sazovor boʻlgan bokschilarimiz quyidagilar: -48 kg vazn toifasida Habibullo Saynazarov, -57 kgda Asilbek Abduqodirov, -63,5 kgda Saidxoʻja Sadillaxoʻjayev, -70 kgda Diyorbek Murodilloyev, qizlar orasida esa -48 kgda Nazokat Mardonova, -57 kgda Farzuna Roʻziyeva, -60 kgda Rushanabonu Isoyeva hamda -80 kgda Mavjuda Abdusaydova gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi.
Kumush medal egalari esa quyidagicha: -54 kgda Bobomurod Boymirzayev, -60 kgda Abrorbek Sharipov, -75 kgda Xurshidbek Joʻrayev, qizlardan -50 kgda Shodiyona Meliqoʻziyeva, -54 kgda Sabrina Chaqomanova, -70 kgda Ulbosin Jalgʻasaboyeva va -75 kgda Samira Toʻrgʻonova ikkinchi oʻrinni egallashdi.
Shuningdek, bronza medali bilan -52 kgda Asadbek Esonboyev, +80 kgda Artur Kenesbayev, qizlardan esa -52 kgda Qumriniso Muhammadova va +80 kgda Sohibaxon Xudoyberdiyeva taqdirlandilar. Ayniqsa, -60 kgda oltin medalni qoʻlga kiritgan Rushanabonu Isoyeva oʻz yosh toifasidagi eng yaxshi bokschi deb topildi.
“World Boxing” tashkiloti homiyligida oʻtkazilgan ushbu musobaqada Oʻzbekiston delegatsiyasi umumjamoa hisobida ochkolar boʻyicha mutlaq gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Har ikki yosh toifasidagi bahslar yakunida hamyurtlarimiz jami 15 tadan oltin va kumush, shuningdek, 12 ta bronza medali bilan vatanga qaytishadigan boʻldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring