Vazirlar Mahkamasining yangi qarori: Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibi o‘zgardi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori (VMQ-241, 27.03.2018 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar tarqatdi.
Hujjatga ko‘ra, 2018 yil 1 apreldan boshlab nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyat Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan litsenziyalanadi.
Bungacha litsenziyalash Vazirlar Mahkamasining nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash komissiyasi tomonidan amalga oshirib kelingan.
Qaror bilan tasdiqlangan nizomga asosan nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarga ta’limning har bir turi uchun alohida litsenziya beriladi. Litsenziyada faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, ta’lim faoliyati yo‘nalishlari ro‘yxati aniq ko‘rsatiladi.
Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasida ta’lim turlari bo‘yicha litsenziya olish uchun litsenziya da’vogari tegishli hujjatlarni davlat xizmatlari markazlariga taqdim etadi yoki elektron shaklda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga yuborishi lozim.
Litsenziya da’vogarining arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarga faoliyatni amalga oshirish huquqiga litsenziya berganlik va uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun eng kam oylik ish haqining o‘n baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
Izohlar
лицензия олиш учун керакли хужжатлар хакида маълумот берсангиз
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring