Vatanga muhabbatni Maradonadan oʻrganish kerak
1990-yil 8-iyul. Rimdagi “Olimpiada” stadionida futbol boʻyicha jahon chempionatining Germaniya va Argentina terma jamoalari oʻrtasidagi final bahsi tugadi. Oʻyin tugashiga besh daqiqa qolganida meksikalik arbitr Kodesal tomonidan argentinaliklar darvozasiga belgilangan shubhali penalti nemislarga uchinchi bor chempionlikni taqdim etdi.
Vitse-chempionni taqdirlash marosimida argentinalik futbolchilar rasmiy tashkilotchilardan tabrikni qabul qilib, medalni osib qoʻyishlariga oson boʻlishi uchun boshlarini egib turishardi. Yolgʻiz Maradonagina bunday qilmadi. U medalni FIFA prezidenti qoʻlidan olib, oʻzi boʻyiniga taqdi. Bu koʻz yoshlarini tiya olmayotgan Diyegoning futboldagi gʻirromlik va oʻz vataniga nisbatan adolatsizlikka isyoni edi.
Qaysidir davrada Vatanga muhabbat haqida soʻz ketsa, Maradonaning mana shu jasorati koʻz oʻngimga keladi.
Temur ESHBOYEV,
(“Xalq soʻzi”).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring