Vatanga muhabbat yoki ota-onaga hurmat ruhini shakllantirishda, aytingchi, qaysi tuman maktabi namuna boʻldi? Hali bunday maktablar yoʻq — Prezident
Foto: president.uz
Yigʻilishda oʻqituvchilarning oʻz ustida ishlashini ragʻbatlantirish orqali taʼlim sifatini keskin oshirish mumkinligi alohida qayd etildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Misol uchun, oʻtgan yili xalqaro sertifikatni olgan chet tili oʻqituvchilarini ragʻbatlantirish tizimi joriy qilingani natijasida Navoiy, Namangan va Surxondaryoda malakali oʻqituvchilar sezilarli darajada oshgan.
Mutasaddilarga bu tajribani yangi oʻquv yilidan boshlab matematika, kimyo, fizika, biologiya va axborot texnologiyalari fanlariga ham joriy etish topshirildi.
«Maktablarda davlatdan maosh oladigan 15 mingga yaqin maʼnaviyatchilar bor.
Lekin, oʻquvchilarning tarbiyasi, Vatanga muhabbat yoki ota-onaga hurmat ruhini shakllantirishda, aytingchi, qaysi tuman maktabi namuna boʻldi? Hali bunday maktablar yoʻq. Qani maktab siyosati?», deya savol qoʻydi davlat rahbari.
Shu munosabat bilan bir oy muddatda “qizil” toifaga kirgan 1 ming 526 ta maktabni joyida oʻrganib, har biri boʻyicha alohida yoʻl xaritalarini tasdiqlash vazifasi qoʻyildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring