“Vatandan yaralgan Vatandan ketmas...”
25-mart — Saʼdulla Hakim tavallud topgan kun
VATANGA MANSUBLIK
Banogoh choʻqqidan qulasa bir tosh
Togʻ poyiga tushar, togʻni tark etmas.
Et bilan tirnoqdek bir jon-u bir tan
Vatandan yaralgan Vatandan ketmas.
Quyoshga intilgan havoyi bugʻlar
Baland parvozlarni qilsa ham havas.
Bir kun qaytib kelar oʻkirib-yigʻlab,
Vatandan yaralgan Vatandan ketmas.
Shashmaqom – ming yillik navo muattar,
Ochsam koʻkayimni yangrar qadim sas.
Avlodlar tugʻilar, ajdodlar oʻtar,
Vatandan yaralgan Vatandan ketmas.
Ulugʻlar yuksalar yer ostida ham,
Haykal boʻlib oʻsar, eli unutmas.
Shahidlar bogʻidan kuylab oʻtaman:
Vatandan yaralgan Vatandan ketmas.
Toshdan uchgan uchqun yalt etib oʻchar,
Oʻchgan choʻgʻ qayta oʻz holiga kelmas.
Choponing silkisang gʻubori koʻchar,
Vatandan toʻqilgan Vatandan emas!
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- Bugun Eronga juda qattiq zarba berilishi mumkin – Tramp
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring