Vatan himoyachilari kuni Samarqandda ham keng nishonlandi
14-yanvar Vatan himoyachilari kuni va Oʻzbekiston Respublikasi qurolli kuchlari tashkil topganligining 34-yillik bayrami Samarqandda ham keng nishonlandi. Dastlab viloyat hokimligi, jamoatchilik vakillari va harbiylar Amir Temur maqbarasida boʻlib, Sohibqiron qabrini ziyorat qilishdi va oʻtganlarning ruhiga Qurʼon tilovat qilindi.

Shundan soʻng barcha Amir Temur haykali yoniga toʻplandi. Yigʻilganlar buyuk coxibqiron bobomizning ulugʻvor haykali poyiga gulchambarlar qoʻyib, uning siymosi oldida hurmat bajo keltirdilar.

Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan viloyatda oʻtkazilayotgan bayram tadbirlari dasturi doirasida Samarqand shahrida Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar harbiy boʻlinmalarining tantanali yurish marosimi ham boʻlib oʻtdi. Registon koʻchasidan boshlangan harbiy yurish Koʻksaroy maydonigacha davom etdi.

Koʻksaroy maydonida harbiy texnika va qurol-aslahalar namoyishi, koʻrgazmali jangovar chiqishlar tashkil etildi. Tadbirda qatnashgan samarqandliklar bevosita harbiylarimiz tomonidan ishlatilayotgan bugungi texnika vositalari bilan tanishish imkoniyatiga ega boʻldilar.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring