Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi sport markazining o‘q otish majmuasida “Matonat maktabi” doirasida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi.
Unda taniqli paralimpiya sportchilari bilan bir qatorda maktab o‘quvchilari va harbiy xizmatchilarning farzandlari ishtirok etdi. Mard, jasur harbiylarimizning ko‘rgazmali chiqishlari ishtirokchilar orasida Vatanga bo‘lgan muhabbatni yanada oshirdi. Harbiy orkestr ijrosida kuylangan vatanparvarlik ruhidagi kuy-qo‘shiqlar esa tadbirga yuqori kayfiyat bag‘ishladi.
Matonatli sportchilarimizning ibratli hayot yo‘li va erishgan yutuqlari yoshlarda katta taassurot qoldirdi va ular uchun haqiqiy na’muna bo‘ldi.
Tadbir davomida ishtirokchilar o‘q otish, stol tennisi, arqon tortish bo‘yicha o‘z mahoratlarini sinab ko‘rishdi va yakunda g‘oliblar Mudofaa vazirligi tomonidan tashakkurnoma, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring