Vashington yaqinidagi bazada AQSH harbiylari nomaʼlum moddadan zaharlanishdi
Foto: Reuters
Vashington yaqinidagi Merilend shtatidagi “Endryus” havo kuchlari bazasida harbiylar nomaʼlum moddadan zaharlanishdi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Ushbu bazaga chorshanba kuni AQSH prezidenti Donald Tramp tashrif buyurgan edi.
Harbiy bazaga oq modda solingan paket yetkazib berilgan. Uning joʻnatuvchisi aniqlanmagan. Paket ochilgandan soʻng, bir nechta odam kasalxonaga yotqizildi va bitta bino evakuatsiya qilingan.
Boshqa bir manbaning telekanalga aytishicha, oʻtkazilgan dala sinovi vaqtida xavfli moddalardan hech qanday tahdid aniqlamagan. Shunga qaramay tergov davom etmoqda. Shuningdek, tergovchilar tomonidan tekshirilayotgan paketda “siyosiy tashviqot” materiallari borligi maʼlum boʻlgan. Ammo bu haqda jurnalistlarda batafsil maʼlumotlar yoʻq.
“Endryus” havo kuchlari bazasidan muntazam ravishda AQSH rasmiylari, jumladan, prezident, vitse-prezident va boshqa maʼmuriyat amaldorlari foydalanadi.
Avvalroq, AQSH prezident maʼmuriyatining yuqori lavozimli amaldorlari konservativ faol Charli Kirk otib oʻldirilganidan keyin xavfsizlik nuqtayi nazaridan harbiy bazalardan foydalana boshlagani haqida xabar berilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring