“Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida

09:11 23 Oktyabr 2019 Hujjatlar
1757 0

Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni

Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 22-iyulda qabul qilingan

Senat tomonidan 2019-yil 11-oktyabrda maʼqullangan

1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-mayda qabul qilingan “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi 841–XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrda qabul qilingan 556–II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 1–2, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 9, 330-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2018-yil, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda) oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).

2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.

3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.

4-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                            Sh. Mirziyoyev

Toshkent shahri,

2019-yil 22-oktyabr

№ OʻRQ—573

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?