Uzunlikka sakrash boʻyicha Oʻzbekiston delegatsiyasi yana bir kumush medalini qoʻlga kiritdi
Fransiya poytaxti Parij shahrida oʻtkazilayotgan XVII Paralimpiya oʻyinlarida hamyurtlarimiz oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.
Maʼlum boʻlishicha, erkaklar oʻrtasida T12 uzunlikka sakrash bahslari yakunlandi. Unda ishtirok etgan Doniyor Soliyev 7,16 metr natija qayd etgan sportchi kumush medalni qoʻlga kiritdi.
Qayd etish kerakki, ushbu sport turida 7,27 metr natija qayd etgan ozarbayjonlik sportchi oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Maʼlumot uchun aytish mumkinki, Doniyor Soliyev “Rio—2016” Olimpiadasida 2 ta bronza medalini qoʻlga kiritgan. Bundan tashqari sportchi 2 karra jahon chempioni hisoblanadi.
Shu tariqa Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar 5 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronzaga yetdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring