Uzumzorlar barpo etuvchilarga imtiyoz
Uzumchilik — sermahsul va serdaromad soha. Shu bois yurtimizda uning sanoatbop navlarini ko‘paytirish, qayta ishlash, sohaga ilm-fan yutuqlarini keng joriy etish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, yangi bog‘ va uzumzorlar barpo etuvchilarga 18 foiz stavkada 7-yillik kredit beriladi, shundan uch yili imtiyozli davr hisoblanadi. Kredit bosqichma-bosqich ravishda yer tayyorlash (10 foiz), ko‘chat va ekish (40 foiz), sug‘orish tizimi (30 foiz) va parvarish (20 foiz) uchun ajratiladi. Bir gektarga eng ko‘pi bilan BHMning 500 baravaricha kredit berilishi ko‘zda tutilgan.
Statistikaga ko‘ra, uzum maydonlari bo‘yicha Ispaniya, Fransiya, Xitoy, Italiya, Turkiya yetakchi besh mamlakat qatoridan o‘rin olgan. O‘zbekiston 181 ming gektar uzum maydonlari bilan 7-o‘rinni egallaydi. Hosildorlik bo‘yicha esa O‘zbekiston ham yetakchi davlatlar qatorida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring