Uzoq tanaffusdan soʻng Ismoil Joʻrabekovdan eksklyuziv intervyu

22:50 04 Fevral 2019 Afisha
8984 0

Foto: Hasan Paydoyev, "Xalq so'zi"

Uzoq tanaffusdan soʻng “Xalq soʻzi”ga Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan irrigator, suv xoʻjaligi sohasining yirik mutaxassisi Ismoil Joʻrabekov eksklyuziv intervyu berdi.

Soha faxriysi oʻz suhbatida Orol dengizi qanday va nima uchun qurigani, bu fojiaga olib kelgan tushunarsiz qarorlar, dengiz “taqdiri”ni hal etishda muhim ahamiyat kasb etgan xatolar, shuningdek, boy berilgan ulkan koʻlni tiklash mumkinmi yoki yoʻq ekanligi xususidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

Quyida eksklyuziv intervyudan bir nechta iqtiboslarni eʼtiboringizga havola etamiz.

1971 yili Moʻynoqqa katta yoʻldan borgandik, oʻshanda hali yoʻlning oʻng va soʻl tarafidan sohilga toʻlqinlar urilib turardi. Ammo 1972 yili suv qirgʻoqni tark etayotgani sezila boshladi. Eng ogʻir davr esa 1979-1980 yillarga toʻgʻri keldi, oʻsha paytda dengiz qirgʻoqdan juda ham tez uzoqlashdi, bu uzoqlashish hatto yiliga 15 — 20 kilometrni tashkil etgan edi.

Biz Orolni yoʻqotayotganimizni qachon tushunib yetdik? Oʻshandayoq bizga maʼlum ediki, bunchalik koʻp yerni oʻzlashtirish oqibatida bu koʻlga suv yetib bormaydi. Shuni bilaturib nega bu yirik loyihaga qoʻl urdik. Buning oʻziga yarasha bir nechta sabablari bor edi...

Oʻzbekistonda hamma “yuqori”ning buyruqlarini soʻzsiz bajaravergan, deb oʻylamaslik kerak. Orol dengiziga suv yetib bormasligi aniq boʻlgach, mamlakatning Sharof Rashidov boshchiligidagi oʻsha paytdagi rahbariyati bu masalani sobiq ittifoq rahbariyatiga koʻtarib chiqdi. U yerda bizni jiddiy eshitishdi, jiddiy qabul qilishdi va yakunda Sibir daryolarining maʼlum bir qismini Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonga yoʻnaltirish qaroriga kelindi. Agar yiliga 17 kubokilometrdan suv yoʻnaltirilsa, bu mintaqani yalpi ofatdan asrab qolishi hamda yangi yerlarni oʻzlashtirishda Amudaryo va Sirdaryoga tushayotgan “yuk”ni kamaytirib, Orolni toʻldirishi mumkinligi hisoblab chiqilgandi. Va bu borada ishlar boshlanib ham ketdi. Ammo...

...uzoq vaqt mobaynida eʼtiborsiz qolgani bois yillar davomida mashaqqatli mehnatlar evaziga erishilgan barcha narsa vayron boʻldi. Oqibatda bugun biz meliorativ ahvoli izdan chiqqan 600 ming gektar yerga “ega”miz. Shundan 200 ming gektari ayni paytda foydalanishga mutlaqo yaroqsiz holga kelgan.

Qiziqarli suhbatning toʻliq matnini gazetamizning navbatdagi sonlaridan birida, veb-saytimiz orqali esa tez fursatda oʻqishingiz mumkin. Bizdan uzoqlashmang!

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер