Uzluksiz taʼlim tizimida bir nechta chet tilini oʻrganish konsepsiyasi tasdiqlandi
Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Maktabgacha, Xalq taʼlimi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirliklarining qoʻshma qarori bilan “Uzluksiz taʼlim tizimida bir nechta chet tilini oʻrganish konsepsiyasi” tasdiqlandi.
Unga koʻra, ayrim fanlar chuqurlashtirib oʻqitiladigan ixtisoslashtirilgan maktablarda 5-sinfdan, maktab-internat va ijod maktablarida 7-sinfdan boshlab oʻquv rejadagi baʼzi fanlarni tillar, jumladan chet tillariga oʻtkazish hisobidan ikki va undan ortiq chet tillarini oʻqitishni yoʻlga qoʻyilishi belgilandi.
Uzluksiz taʼlim tizimida bir necha chet tilini oʻrganishni tizimli tarzda quyidagi bosqichlarda amalga oshirish koʻzda tutilgan:
— maktabgacha taʼlim tashkilotlari, umumtaʼlim maktablari, boshlangʻich professional taʼlim muassasalari va akademik litseylarda birinchi chet tili;
— ayrim fanlar (xorijiy tillar) chuqurlashtirib oʻqitiladigan ixtisoslashtirilgan maktablarda 5 — 11-sinflarda, ayrim fanlar (xorijiy tillar) chuqurlashtirib oʻqitiladigan maktab-internat va ijod maktablarida 7 — 11-sinflarda hamda akademik litseylarning xorijiy til chuqurlashtirib oʻqitiladigan taʼlim yoʻnalishlarida ikkinchi chet tili;
— oliy taʼlim muassasalarining 1-2-kurslarda avvalgi bosqichda oʻqigan chet tillarini davom ettirgan holda kasbiy vaziyatlarda qoʻllashni oʻrganish bosqichiga koʻtariladi.
Konsepsiyaning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:
— taʼlim oluvchilarning lingvistik barqaror va uzluksiz rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish;
— taʼlim oluvchilarning istalgan darajada chet tilida muloqot qilish qobiliyatini shakllantirish, ularga boshqa madaniyat va urf-odat vakillari bilan teng huquqli muloqot qilish imkoniyatini berish;
— taʼlim oluvchilarni turli sohalarda va madaniyatlararo erkin muloqotga kirishishiga imkon yaratish.
Mazkur konsepsiya orqali taʼlim oluvchilarning kamida ikkita xorijiy tilni mukammal oʻzlashtirishi orqali ularning dunyoqarashi kengayishi, salohiyati oshishi hamda mehnat bozorida raqobatbardoshligi oshirilishi taʼminlanadi.
Bundan tashqari, bir nechta xorijiy tillarni bilish va taʼlim oluvchilarga umumiy rivojlanishiga yordam beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring