“Uzbekistan Airways ” Eron va Iroqning ustidan uchib oʻtmaydi
“Uzbekistan Airways ” kompaniyasi Eron va Iroq havo hududini aylanib oʻtgan holda parvozlarni amalga oshiradi. Bu haqda kompaniya rasmiy sahifasida eʼlon berilgan.
Xabar berilishicha, fuqaro havo kemalari parvozlarining xavfsizligini taʼminlash maqsadida ushbu qarorga kelingan.
Qayd etilishicha, 2024-yil 2-oktyabrdan boshlab, Oʻzbekiston Fuqaro aviatsiyasi agentligining koʻrsatmasiga muvofiq, “Uzbekistan Airways ” Iroq havo hududi va Eron havo hududining gʻarbiy qismini aylanib oʻtgan holda, aniq koʻrsatmaga qadar muntazam parvozlarni amalga oshiradi.
Shunga qaramasdan, kompaniya parvozlarning maksimal xavfsizligini taʼminlash uchun muqobil yoʻnalishlardan foydalangan holda Toshkent-Tel-Aviv-Samarqand/Toshkent yoʻnalishi boʻyicha muntazam aviaqatnovlarni toʻxtatmaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring