“Uzbekistan Airports” AJ: xorijiy aviakompaniyalar uchun tariflar pasaytiriladi

12:50 21 Oktyabr 2021 Jamiyat
521 0

“Uzbekistan Airports” AJ rahbariyati xorijiy aviakompaniyalar tomonidan amalga oshiriladigan muntazam qatnovlarga yer usti xizmat koʻrsatish tariflari va yigʻimlarining yangi roʻyxatini tasdiqladi. Bu haqda“Uzbekistan Airports” AJ maʼlum qildi.

Xususan, quyidagi xizmatlar uchun stavkalar va toʻlovlar pasaytirildi:

— samolyotning qoʻnish va chiqish yoʻlagini taʼminlash;

— yoʻlovchilarning aviatsiya xavfsizligini taʼminlash;

— samolyotning aviatsiya xavfsizligini taʼminlash;

— aerovokzaldan foydalanish;

— kelgan yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish;

— ketish uchun yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish;

— “CUTE” platformasiga kirish.

Oʻrtacha tariflarning pasayishi 15 foizga teng boʻladi. Narxlar va toʻlovlarning yangilangan roʻyxati 31-oktyabrdan — IATA 2021/2022 qish mavsumining boshidan boshlab kiritiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер