“Uzbekistan Airports” AJ 6,8 milliard soʻmlik davlat xaridini noqonuniy oʻtkazgani ma'lum bo'ldi
“Uzbekistan Airports” AJ buyurtmachiligida jami 6,8 milliard soʻmlik “bodi-kameralarni yetkazib berish, oʻrnatish va ishga tushirish xizmatini koʻrsatish” yuzasidan oʻtkazilgan davlat xaridida qator qonunbuzilish holatlari sodir etilgani maʼlum boʻldi. Bu haqida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi.
Unda aytilishicha, oʻrganish davomida ushbu tanlovda ishtirokchilar uchun tanlov hujjatlarida aks etgan talablar asosida takliflar toʻliq va xolis baholanmagani, shuningdek, oʻzaro affillangan shaxslar (yaʼni oʻzaro bogʻliqlik va manfaatdorlik) ishtirok etganligi va baholash jarayonida qator xatoliklarga yoʻl qoʻyilgani tasdiqlangan.
Ushbu holat yuzasidan Agentlikning taqdimnomasi asosida xarid komissiyasining gʻolibni aniqlash haqidagi bayonnomalari bekor qilinib, noqonuniy davlat xaridining oldi olingan.
Shuningdek, oʻrganish va tahlillar jarayonida toʻplangan hujjatlar qonuniy chora koʻrish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgani maʼlum qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring