“.UZ” domenida joylashgan saytlarga 308 marta xuruj uyushtirilgan
Tahlillarga koʻra, oʻtgan davrda mahalliy idoralararo axborot resurslariga xorij mamlakatlari hududidan kiberxurujlar soni oshgan. 13 mln. 111 ming 553 ta tahdidning 832 ming 995 tasi davlat organlari axborot bazasini yaroqsiz holga keltirib qoʻyish darajasida xavfli boʻlgani aniqlangan.
Bosh prokuratura huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazining “Xalq soʻzi”ga maʼlum qilishicha, joriy yilning uchinchi choragida “.UZ” domenida joylashgan saytlarga ham 308 marta xurujlar uyushtirilgan. Shundan 184 tasi saytlarning bosh sahifasini oʻzgartirish, 119 tasi esa ularga begona axborotni joylashtirishga urinishlar bilan bogʻliq.
Bu globallashuv jarayonida axborot texnologiyalarining imkoniyatlari tobora oshib borayotganini inobatga olib, xavfsizlikka katta eʼtibor qaratish lozimligini talab qilmoqda. Demak, buning uchun ana shunday ishlar bilan shugʻullanadigan, vaziyatni muntazam nazorat qiladigan masʼul tashkilotga ehtiyoj tugʻdiradi.
Prezidentmizning “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining joriy etilishini nazorat qilish, ularni himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha inspeksiya hamda vazirlikning Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini taʼminlashga koʻmaklashish markazi tugatilib, ularning oʻrniga, ikkita yangi — Oʻzbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi hamda “Texnik koʻmaklashish markazi” DUK faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
Bular yuqoridagi kabi xavfli xurujlarga qarshi yaxlit bir himoya qoʻrgʻonini barpo eta oladigan, axborot texnologiyalari sohasida internet, telekommunikatsiya va mobil aloqa kabi yuzlab xizmat turlarining sifatli ishlashi, jumladan, mualliflik huquqlariga amal qilinishi uchun doimiy nazorat oʻrnatadigan tashkilot boʻladi. Qolaversa, yurtimizga kirib kelayotgan xorijiy elektron axborot dasturlari qatorida, mahalliy mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilayotgan elektron mahsulotlarning monitoringini yuritishni oʻz qoʻliga oladi, jarayonni tahlil qilish, kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf qilish kabi vazifalarni bajaradi.

Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring