Usik va Fyuri oʻrtasidagi revansh jangi sanasi maʼlum qilindi

16:54 29 May 2024 Sport
347 0

Foto: AP

Aleksandr Usik (Ukraina) va Tayson Fyuri (Buyuk Britaniya) oʻrtasidagi revansh jangi 2024-yilning 21-dekabr kuni boʻlib oʻtadi. Bu haqda bellashuv tashkilotchisi Turki ash-Sheyx maʼlum qildi.

«Mutlaq jahon chempioni Aleksandr Usik va Tayson Fyuri oʻrtasidagi revansh jangi 2024-yilning 21-dekabr sanasiga belgilandi. Bellashuv Ar-Riyodda boʻlib oʻtadi. Dunyo yana tarixiy kurashni koʻradi. Biz boks muxlislari oldidagi majburiyatlarimizni bajarishda davom etamiz», deydi Turki Al ash-Shayx.

Bu bokschilar oʻrtasidagi birinchi bahs shu yilning 19-may kuni boʻlib oʻtgandi. Oʻn ikki raund davom etgan bahsda Usik Fyurini ochkolar hisobida magʻlub etib, super ogʻir vazn toifasida WBA, WBO, IBF, IBO va WBC chempionlik kamarlari egasiga boʻlgandi. Ushbu janggacha WBC kamari Tayson Fyuriga tegishli edi. Shu tariqa Usik XXI asrda mutlaq jahon chempioni boʻlgan birinchi bokschiga aylandi. Ungacha britaniyalik Lennoks Lyuis 1999-yilda super ogʻir vazn toifasida mutlaq chempioni boʻlgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер