Ushbu sport turiga tegishli tashkilotlar uchun foyda soligʻi 3 yil muddatga 50 foizga kamaytiriladi
Foto: inbusiness.kz
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Xokkey sport turini rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, xokkey sport turi boʻyicha terma jamoalar va sport klublari uchun sport zaxirasini yaratish, iqtidorli sportchilarni saralash (seleksiya)ning raqamlashtirilgan tizimini joriy qilish xokkey sport turini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlaridan biri etib belgilandi.
Shuningdek, 2025-yildan boshlab har yili xokkey sport turi boʻyicha xalqaro tashkilotlar va chet ellik mutaxassislar ishtirokida seminar-treninglar, shuningdek, ilmiy-amaliy anjumanlar oʻtkazib boriladi.
Xabar qilinishicha, “Sport faoliyati” (xokkey)” bakalavriat taʼlim yoʻnalishi talabalarining xokkey klublari sport bazalarida amaliyotini tashkil etish choralari koʻrilishi ham koʻzda tutilmoqda.
Ahamiyatli jihati shundaki, Oʻzbekiston xokkey federatsiyasi, xokkey sport turi boʻyicha sport klublari va nodavlat sport taʼlim tashkilotlari uchun foyda soligʻi 3 yil muddatga 50 foizga kamaytiriladi.
“Oʻzbekiston xokkey federatsiyasi, xokkey sport turi boʻyicha sport klublari va nodavlat sport taʼlim tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirish uchun yuridik shaxslar tomonidan yoʻnaltiriladigan homiylik xayriyalari summasi foyda soligʻini hisoblashda soliq solinadigan bazadan chegirib tashlanadi”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, qaysi yengil avtomobil Oʻzbekistonda koʻproq ishlab chiqarilgani haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring