USAID Oʻzbekiston xalq taʼlimi tizimiga 5.5 mln dollar miqdoridagi qoʻshimcha grant mablagʻlari ajratadi
Joriy yilning 6-avgust kuni poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi 14-umumtaʼlim maktabida Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligi va AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) vakillari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
XTV axborot xizmati xabariga koʻra, uchrashuvda Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov, AQSHning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Deniyel Rozenblyum hamda USAIDning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi direktori Mikaela Meredit taʼlim sifatini takomillashtirishdagi oʻzaro hamkorlik haqida fikr bildirgan.
Jumladan, tadbirda USAID bilan 2019-yilning sentyabrida 50 million AQSH dollarigacha boʻlgan grant shartnomasi imzolangan boʻlib, mazkur grant shartnomasini amalga oshirish maqsadida hozirga qadar 19.5 million AQSH dollari miqdorida loyihalar amalga oshirilayotgani alohida taʼkidlandi. Bugun esa mazkur hamkorlik doirasida oʻquvchilarda tadbirkorlikka oid bilim va koʻnikmalarni rivojlantirishga oid qoʻshimcha kelishuv imzolandi.
Mazkur bitim asosida, xalq taʼlimi tizimiga 5.5 million AQSH dollari miqdoridagi qoʻshimcha grant mablagʻlari jalb qilinishi koʻzda tutilgan. Bu mablagʻlar 8-11-sinf oʻquvchilarida tadbirkorlik va biznes yuritishga doir bilim-malakalarini shakllantirishga yoʻnaltiriladi.
Shuningdek, uchrashuvda AQSH elchisi tomonidan Xalq taʼlimi vazirligiga “Barkamollik uchun taʼlim dasturi” doirasida 10 million AQSH dollari miqdoridagi “Cambridge University Press” xalqaro nashriyotida chop etilgan Oʻzbekistonda milliy oʻquv dasturiga moslashtirilgan 1-11-sinflar uchun ingliz tili, 5-11-sinflar uchun AKT boʻyicha xorijiy darsliklar va oʻqituvchilar uchun qoʻllanmalar topshirildi.
Mazkur darsliklar Sirdaryo va Namangan viloyatlaridagi 200 dan ortiq umumtaʼlim maktablarida 2021-2022 oʻquv yilida tajriba-sinov bosqichidan oʻtkaziladi. Soʻngra 2022-2023 oʻquv yilidan boshlab umummilliy miqyosda joriy qilinishi rejalashtirilgan.
Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov AQSHning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi va USAID Xalqaro taraqqiyot agentligiga Oʻzbekiston maktablarida ingliz tili hamda AKT boʻyicha sifatli taʼlim berilishida hamkorlik qilayotgani uchun minnatdorchilik bildirdi.
Soʻngra tadbirga tashrif buyurgan barcha mehmonlar 14-sonli maktab faoliyati, ulardagi toʻgaraklar bilan yaqindan tanishtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- “Real Madrid” alamli tarzda magʻlubiyatga uchradi
- Ostonadagi kinoteatrda yirik yongʻin yuz berdi (+video)
- Inson hayotidagi bosqichli davrlar. Qarish jarayoni bir tekis kechmasligi maʼlum boʻldi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring