Urush davom etadi! Netanyahu xohishlarini bayon etdi

01:46 25 Iyun 2024 Dunyo
437 0

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu oʻtgan yilning oktyabr oyidan buyon davom etayotgan urushni toʻxtatuvchi har qanday kelishuvga rozi boʻlmasligini yana bir bor taʼkidladi. Unga koʻra, HAMAS bilan sulh bitimi kelishilgan taqdirda ham urush davom etadi. Qoʻshma Shtatlar esa Isroil taklifi hujumni tugatish yoʻli boʻlishini taʼkidlagan edi.

“Maqsad oʻgʻirlanganlarni qaytarish va Gʻazodagi HAMAS rejimini yoʻq qilish”, degan Netanyahu. Shuningdek, u Gʻazo janubidagi Rafahga qaratilgan keskin harbiy hujumlar deyarli yakunlanganini, ammo bu urushning butunlay tugashi emasligini qoʻshimcha qilgan.

“Biz iloji boʻlsa, mahalliy falastinliklar va mintaqadagi davlatlarning tashqi koʻmagi bilan gumanitar taʼminotni hamda hududdagi fuqarolik boshqaruvini yaratmoqchimiz. Oxir-oqibatda biz, yaʼni Isroil harbiylari tomonidan demilitarizatsiya qilish hamda fuqarolik boshqaruvi oʻrnatilishi kerak”, degan Isroil Bosh vaziri.

Ammo Bosh vazir Gʻazoda ushlab turilganlarning bir qismini boʻlsada ozod qilish uchun baʼzi kelishuvlarga tayyor ekanligini maʼlum qilgan.

Eslatib oʻtamiz, 10 minglab isroilliklar Netanyahu va uning hukumatiga qarshi muntazam ravishda ommaviy namoyishga chiqib, muddatidan oldin saylovlar oʻtkazish hamda asirlarni qaytarish boʻyicha kelishuvga erishishni talab qilmoqda.

Benyamin Netanyahuning aytishicha, Yahudiy davlatining askarlari tez orada Livan bilan shimoliy chegarada mudofaa uchun joylashtiriladi.

“Keyinchalik esa biz kuchlarning bir qismini shimolga koʻchirish imkoniyatiga ega boʻlamiz. Bu birinchi navbatda mudofaa maqsadida. Ikkinchidan, fuqarolarimizni uylariga olib kelish uchun. Iloji boʻlsa, buni diplomatik yoʻl bilan qilamiz. Agar imkoni boʻlmasa boshqacha yoʻlni tutamiz”, degan Netanyahu.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер