Urgutda xalqaro paraplan musobaqasi
Mana bir necha kundirki, Urgut tumanining Chorchinor, Andak va Sariqtepa mahallalari hududidagi togʻlarda xalqaro paraplan musobaqasi oʻtkazilmoqda. Olti kun davom etadigan shou-musobaqada 10 ta davlatdan 50 nafardan ziyod ishtirokchi qatnashyapti.
Qizgʻin bellashuvlarda sportchi va havaskorlar paraplanda uchish boʻyicha mahoratlarini namoyish etishmoqda. Musobaqa dasturidan paraplan shoulari, koʻrgazmali chiqishlar, mahorat darslari va gastronomik koʻrgazmalar, konsertlar, milliy oʻyinlar ham oʻrin olgan.

Xalqaro paraplan musobaqasi nafaqat ekstremal turizm turlarini ommalashtirish, balki Urgut tumanini ekstremal turizm markaziga aylantirish maqsadida ham tashkil etilgan boʻlib, bu tadbir mamlakatimiz turizm salohiyatini keng targʻib qilish yoʻlidagi muhim qadamlardan biri hisoblanadi.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring