Urganch davlat universiteti 2025-yil uchun oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutiga quyidagi ixtisosliklar boʻyicha qabul eʼlon qiladi
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
2025-yil uchun oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutiga quyidagi ixtisosliklar boʻyicha
QABUL EʼLON QILADI
(ishlab chiqarishdan ajratilgan holda oʻqish uchun)
№ |
Ixtisoslik shifri va nomi |
Doktorantura |
Tayanch doktorantura |
Maqsadli doktorantura |
Stajor-tadqiqotchi |
|
DSc
|
PhD
|
DSc
|
PhD
|
|||
1 |
01.01.01- Matematik analiz |
1 |
1 |
|||
2 |
01.01.02- Differensial tenglamalar va matematik fizika |
1 |
1 |
|||
3 |
01.04.04-Fizikaviy elektronika |
1 |
||||
4 |
01.04.10-Yarimoʻtkazgichlar fizikasi |
2 |
||||
5 |
01.04.11- Lazer fizikasi |
1 |
1 |
|||
6 |
02.00.03 – Organik kimyo |
1 |
||||
7 |
02.00.06 – Yuqori molekulyar birikmalar |
1 |
||||
8 |
02.00.13- Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi |
3 |
||||
9 |
05.01.07 – Matematik modellashtirish, Sonli usullar va dasturlar majmui |
3 |
||||
10 |
05.09.05 – Qurilish materiallari va buyumlari |
2 |
1 |
|||
11 |
06.01.08- Oʻsimlikshunoslik |
4 |
||||
12 |
07.00.01- Oʻzbekiston tarixi |
1 |
||||
13 |
08.00.04.- Qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti |
1 |
||||
14 |
08.00.05- Xizmat koʻrsatish tarmoqlari iqtisodiyoti |
2 |
||||
15 |
08.00.06- Ekonometrika va statistika |
1 |
||||
16 |
08.00.12.- Mintaqaviy iqtisodiyot |
2 |
||||
17 |
10.00.01-Oʻzbek tili |
2 |
||||
18 |
10.00.02- Oʻzbek adabiyoti |
3 |
||||
19 |
10.00.06-Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik |
2 |
||||
20 |
11.00.02 – Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya |
1 |
||||
21 |
11.00.06-Geodeziya. Kartografiya |
2 |
||||
22 |
13.00.01- Pedagogika nazariyasi. Pedagogik taʼlimotlar tarixi |
2 |
||||
23 |
13.00.02 Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar boʻyicha) |
2 |
||||
24 |
18.00.02 — Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar-joylarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi |
2 |
||||
25 |
19.00.06- Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi |
2 |
1 |
|||
26 |
02.00.17 – Qishloq xoʻjalik va oziq-ovqat mahsulot-lariga ishlov berish saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari |
3 |
||||
Jami |
0 |
48 |
0 |
1 |
4 |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 14-iyundagi 211-sonli 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab oliy taʼlim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga hujjat topshirishda talab etiladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati va ularning darajalarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi buyrugʻiga asosan, Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim toʻgʻrisidagi Nizomning 3-bob 16, 18 va 19-xatboshilariga koʻra, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining stajor-tadqiqotchilik va tayanch doktoranturaga quyidagilarga ega boʻlganlar qabul qilinadi:
Magistr darajasiga yoxud klinik ordinaturani tugatgan (tibbiyot fanlari uchun), oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom (mutaxassislik dasturlari boʻyicha) ega boʻlganlar;
Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga qabul qilishda xorijiy tillar yoʻnalishlari boʻyicha — kamida Cl darajasida, gumanitar, biologik va turdosh fanlar, matematika va statistika, biznes va boshqaruv, huquq, xizmat koʻrsatish, ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar, jurnalistika va axborot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari taʼlim sohalari boʻyicha — kamida B2 darajasida, boshqa taʼlim sohalari hamda madaniyat va sport mutaxassisliklari (ixtisosliklari) boʻyicha -kamida B1 darajasida xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlarga ega boʻlganlar;
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin boʻlgan ilmiy natijalar, shu jumladan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yoʻnalishlar boʻyicha ikkitadan kam boʻlmagan ilmiy ishlar toʻplamlariga kiritilgan maʼruza tezislariga ega boʻlganlar;
Doktoranturaga quyidagilarga ega boʻlganlar qabul qilinadi:
Fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoxud ularga tenglashtirilgan xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalar;
Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga qabul qilishda xorijiy tillar yoʻnalishlari boʻyicha — kamida Cl darajasida, gumanitar, biologik va turdosh fanlar, matematika va statistika, biznes va boshqaruv, huquq, xizmat koʻrsatish, ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar, jurnalistika va axborot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari taʼlim sohalari boʻyicha — kamida B2 darajasida, boshqa taʼlim sohalari hamda madaniyat va sport mutaxassisliklari (ixtisosliklari) boʻyicha -kamida B1 darajasida xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlarga ega boʻlganlar;
Fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi yoxud ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar olgandan soʻng muhim ilmiy yutuqlarga erishish, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin boʻlgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yoʻnalishlar boʻyicha ilmiy ishlar toʻplamlarida kamida ikkita tezisga ega boʻlish.
Stajor-tadqiqotchilik uchun talab qilinadigan hujjatlar:
(ishlab chiqarishdan ajratilgan holda oʻqish uchun)
— ariza;
— qisqacha biografik maʼlumotnoma;
— mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
— oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganlik (tibbiyot fanlari uchun), oliy maʼlumot (mutaxassislik dasturlari boʻyicha) toʻgʻrisidagi diplom nusxasi;
— nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari.
— Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.
Tayanch doktorantura uchun talab qilinadigan hujjatlar:
(ishlab chiqarishdan ajratilgan holda oʻqish uchun)
— ariza;
— xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat;
— qisqacha biografik maʼlumotnoma;
— mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
— oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganlik (tibbiyot fanlari uchun), oliy maʼlumot (mutaxassislik dasturlari boʻyicha) toʻgʻrisidagi diplom nusxasi;
— nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari.
— Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.
Tayanch doktoranturada oʻqish uchun talabgorlar mutaxassislik boʻyicha kirish imtihonlari topshiradilar.
Doktorantura uchun talab qilinadigan hujjatlar:
(ishlab chiqarishdan ajratilgan holda oʻqish uchun)
— ariza;
— xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat;
— qisqacha biografik maʼlumotnoma;
— mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
— oliy maʼlumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega boʻlganligi toʻgʻrisidagi diplom nusxasi;
— tadqiqot mavzusi boʻyicha ilmiy maʼruza va fan doktori (DCs) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;
— nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari.
Mustaqil izlanuvchilik uchun talab qilinadigan hujjatlar:
(ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oʻqish uchun)
— qisqacha biografik maʼlumotnoma;
— falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun magistrlik yoki klinik ordinatura (tibbiyot fanlari uchun) yoki oliy maʼlumot (mutaxassislik dasturi boʻyicha) toʻgʻrisidagi diplom nusxasi;
— mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
— ilmiy ishlar roʻyxati va ularning nusxasi;
— fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) diplomi yoki xorijda olingan unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplomi nusxasi;
— ish joyidan tavsifnoma.
Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarni tanlab olish har chorakning uchinchi oyigacha boʻlgan muddatda ixtisoslik boʻyicha suhbat natijalari va taʼlim muassasasidagi qabul komissiyasining tegishli xulosasi boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatlar 2024-yil 15-oktyabrgacha qabul qilinadi.
Kirish imtihonlari joriy yilning 1-25-noyabr kunlari boʻlib oʻtadi.
Manzil: Urganch shahri, Hamid Olimjon koʻchasi, 14-uy.
Maʼlumot uchun telefonlar: +998622246644
Phd.mininnovation.uz saytida registratsiya boʻlish kerak
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Maktablarda yangi o’quv yili boshlandi — Fotoreportaj
- Soliq inspeksiyasi xodimi 2 sinf oʻquvchilaridan nimani xohlaydi (video)?
- Hotdogdan choʻchqa yogʻigacha: maktab oshxonasida qanday oziq-ovqatlarni sotish taqiqlangan?
- Talabalar diqqatiga: ijara pulining bir qismini qoplab berish boʻyicha onlayn ariza berish boshlandi
- “Mutlaqo yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan holat!”: Davlat soliq xizmati va Bolalar ombudsmani Qashqadaryodagi holatga munosabat bildirdi
- Qirgʻiziston-Oʻzbekiston chegarasidagi uzoq yildan beri yopiq turgan nazorat-oʻtkazish punkti ochiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring