Uranchilar bayramni Zafarobodda nishonladilar

17:21 28 Avgust 2025 Jamiyat
183 0

“Navoiyuran” davlat korxonasi konchilari davlatimiz mustaqilligining 34-yilligiga bagʻishlangan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostidagi bayram shodiyonasini Konimex tumaning Zafarobod shaharchasida koʻtarinki ruhda oʻtkazishdi.

Jamoamizning bayram tadbiri tantanalarining mundarijasi rang-barang edi, — deydi 6-Birlashgan kasaba uyushmasi Qoʻmitasi raisi Davrbek Temirov. — Xususan, haftalik smenada ishlayotgan ishchi-xodimlarimiz uchun bayram dasturxonlari yozilib, yolgʻiz faxriylarimiz xolidan xabar olindi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj ishchi-xodimlarning uylariga oziq-ovqat, kam taʼminlangan oilalar farzandlari uchun oʻquv qurollaridan iborat boʻlgan toʻplamlar taqdim etildi. Shuningdek, Navoiy, Zafarobod, Uchquduq, Nurobod maydonlarida turli sport musobaqalari, katta konsertlar tashkil etildi.

Yuqori oʻsish surʼatlarini taʼminlashda oʻzining munosib hissasini qoʻshgan ishchi-xodimlardan bir guruhiga turli darajadagi “Konchilik shuhrati” koʻkrak nishoni hamda “Navoiyuran faxriysi” unvonlari topshirildi.

Bayram tantanasi mahalliy va poytaxtdan tashrif buyurgan sanʼatkorlar ijrosidagi katta konsert dasturi bilan davom etdi.

Shodiyona Zafarobod osmonini ravshan qilgan mushakbozlik bilan nihoyalanib, barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

Temur ESHBOYEV,

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер