Uran ishlab chiqarishda hamkorlik kengaymoqda
Temur ESHBOYEV/“Xalq soʻzi”. Mamlakatimiz konchilik sanoatining yetakchilaridan biri — “Navoiy uran” davlat korxonasi xalqaro hamkorlik doirasini tobora kengaytirishga intilmoqda. Korxona bosh direktori Jamol Fayzullayev boshchiligidagi delegatsiyaning Xitoy Xalq Respublikasiga xizmat safari ayni maqsadlarni koʻzda tutib, tashrif davomida Xitoy Xalq Respublikasi Atom energetikasi agentligi hamda Xitoy Energetika boshqarmasi rahbariyati bilan uchrashuvlar oʻtkazildi.
— Muloqotlar davomida ikki tomonlama hamkorlik aloqalari, jumladan, 2024-yilning yanvar oyida davlatimiz rahbarining Xitoy Xalq Respublikasiga amalga oshirgan tashrifi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda Xitoy Xalq Respublikasining uran yoʻnalishi boʻyicha yirik korporatsiyalari oʻrtasida imzolangan kelishuvlar muhokama qilindi, — deydi Jamol Fayzullayev. — Shuningdek, mutaxassislarimiz China National Uranium Corporation (CNNC) korporatsiyasi tarkibidagi “BRICEM CNUC” (geologiya) va “BRIUG CNUC” (texnologiya) ilmiy markazlarida boʻlib, amalga oshirilayotgan loyihalar hamda tatbiq etilgan texnologiyalar bilan tanishdi.
Xorijiy safar davomida navoiylik konchilar CNNC korporatsiyasi tarkibidagi uran mahsulotini konversiya qilish va boyitish, atom elektr stansiyalari uchun yoqilgʻi ishlab chiqarish majmualari faoliyati hamda korporatsiyada qoʻllanilayotgan yangi innovatsion texnologiyalar bilan ham tanishdi. Korporatsiya rahbariyati bilan ushbu texnologiyalarni mamlakatimiz uran sanoatida joriy qilish orqali qoʻshimcha qiymatli mahsulot yaratish borasida muzokaralar olib borildi.
Muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, “Navoiyuran” DK hamda CNNC korporatsiyasi tarkibiga kiruvchi CNUC kompaniyasi bilan respublikamizda istiqbolli hududlarda geologiya-qidiruv ishlarini olib borish boʻyicha uch tomonlama kelishuv, uran va boshqa foydali elementlarni qidirish hamda ajratib olish boʻyicha Innovatsion ilmiy-texnologik markazni yaratish boʻyicha memorandum imzolandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring