Unitar korxona va qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat shakllarini tugatiladi – qonun loyihasi
Foto: Qonunchilik palatasi matbuot xizmati
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida “Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqildi. Bu haqda Qonunchilik palatasi xabar berdi.
Mazkur qonun loyihasi bilan ayrim qonun hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda. Xususan, ahamiyatli oʻzgarishlardan biri unitar korxona va qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat shakllarini tugatish boʻlishi mumkin.
Bundan tashqari, yuridik shaxslarni qoʻshib yuborish, qoʻshib olish va tashkiliy-huquqiy shaklini oʻzgartirish orqali qayta tashkil etishda korxonalarning huquq va majburiyatlari topshirish hujjatida aks ettirilgan yoki aks ettirilmaganligidan qatʼi nazar qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxsga oʻtkazilishi ham tartibga solinadi.
Korporativ shartnoma, konsorsium va konsorsium shartnomasi kabi institutlarning huquqiy maqomini belgilash, masʼuliyati cheklangan jamiyatlarni tashkil etishda taʼsis shartnomasini tuzish haqidagi talabni bekor qilinadi. Yangi tartiblarga koʻra, xoʻjalik jamiyatlari kuzatuv kengashlarining aksiyalar, korporativ obligatsiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorlarini huquqiy hujjatlarga muvofiq muhim fakt sifatida oshkor etish mumkin boʻladi.
Shuningdek, qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan qimmatli qogʻozlar chiqarilishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi hamda qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyat bilan shugʻullanishga litsenziya berilganligi haqidagi axborotni eʼlon qilish ham belgilanmoqda.
“Ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi xoʻjalik jamiyatlarining faoliyatini va ularni boshqarishni soddalashtirish, korporativ munosabatlarni takomillashtirish, xoʻjalik jamiyatlarining aksiyadorlari va ishtirokchilarining huquqlarini himoya qilishning yanada ishonchli vositalarini joriy etish, amaliyotda oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qator tartib-taomillar va talablarni bekor qilish orqali korporativ munosabatlardagi byurokratiyaning oldini olishga xizmat qiladi”, deyiladi xabarda.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi oʻqishda qabul qilingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring