Umumiy qiymati 40,3 mlrd soʻmlik 21 ta loyiha rahbarlariga sertifikatlar topshirildi
6-avgust kuni Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida moliyalashtirilgan umumiy qiymati 40,3 mlrd. soʻm boʻlgan 21 ta loyiha rahbarlariga sertifikatlar topshirdi. Mazkur loyihalar Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, vazirlik va idoralar, ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy taʼlim muassasalari ilmiy jamoalari tomonidan amalga oshirilmoqda.
Bajarilayotgan loyihalar yakuniy natijalari qishloq xoʻjaligi sohasida agrotexnologiyalar, tibbiyot sohasida davolash texnologiyalari, farmakologiya va farmatsevtika yoʻnalishida dori vositalari va substansiyalar, texnik qurilmalar, tajriba-konstruktorlik namunalari, dasturiy mahsulotlar yaratishishga qaratilgan.
Innovatsion rivojlanish vaziri olimlarning tadqiqot ishlariga muvaffaqiyat tilarkan, ularni oʻz ishlariga masʼuliyat bilan yondashishga, undadi, yurtimiz ilm-fani rivoji yoʻlidagi fidokorona mehnatlariga yuqori baho berdi. shu bilan bir qatorda olimlar tomonidan ayrim hollarda yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish masalalariga urgʻu berdi.
Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ilmiy tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajariladigan fundamental, amaliy hamda innovatsion loyihalar tanlovi muntazam oʻtkazib kelinmoqda. Xususan 2021-yilning birinchi yarim yilligida ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida umumiy qiymati 89,8 mlrd soʻm boʻlgan 103 ta ilmiy loyihalar moliyalashtirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring