Umumiy ovqatlanish korxonalariga soliq imtiyozlari taqdim etildi

16:16 25 Avgust 2021 Hujjatlar
1942 0

“Umumiy ovqatlanish va turizm sohalarini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qaroriga koʻra, 2021-yil 1-sentyabrdan boshlab:

2021-yil 31-dekabrga qadar umumiy ovqatlanish korxonalari yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni toʻlashdan ozod qilinadi;

2023-yil 1-sentyabrga qadar turistik (mehmonxona) yigʻimini hisoblash va toʻlash toʻxtatiladi;

umumiy ovqatlanish korxonalariga mahalliy davlat hokimiyati organlariga ariza yubormasdan turib, soliq organlarini xabardor qilgan holda aylanmadan olinadigan soliq, foyda soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yigʻimlar boʻyicha 2021-yil 15-avgust holatiga koʻra mavjud qarzdorlikni, shuningdek, barcha soliqlar boʻyicha jarima va penyalarni 2022-yil 1-yanvardan 1-iyulga qadar foizlarni undirmasdan teng miqdorlarda kechiktirib (boʻlib-boʻlib) toʻlash huquqi beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?