Umra xizmatlarini litsenziyasiz reklama qilgan turfirmalar jarimaga tortildi
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi turoperatorlar tomonidan “Umra” tadbirini tashkil etish va oʻtkazishga oid reklamalarning qonuniyligini oʻrgandi. Bu haqida qoʻmita matbuot xizmati xabar berdi.
Unga koʻra, oʻtkazilgan oʻrganishlar natijasida, Namangan, Navoiy, Fargʻona, Xorazm, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari tomonidan, litsenziya hujjatlari mavjud boʻlmagan holda reklamalar joylashtirgan jami 7 ta tur firma aniqlangan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, litsenziya hujjatlari mavjud boʻlmagan holda reklama joylashtirgan firmalar, “EMIR VOYAGE”, “MAKAN UNITED TRAVEL GROUP”, “EZOFAYZ”, “MURABBIY TRAVEL”, “ZAYTUN TOURISM”, “SMART SYSTEMS COMPANY” hamda “NAZIR TRAVEL N1” MCHJlar ekanligi oydinlashgan.
Mazkur turoperatorlarga nisbatan “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonun talablari buzilishi alomatlari bilan ishlar qoʻzgʻatilib, ishni koʻrib chiqish yakunlari yuzasidan moliyaviy jarimalar qoʻllanilgan.
Bundan tashqari, qoʻmitaning Namangan va Fargʻona viloyatlari hududiy boshqarmalari tomonidan, jami 5 ta (“Bogʻdodliklar Telegram kanali adminlari N.Shukurullayev va R.Usmonov”, “Zaytun_Travel_official” , “Musaffo turizm”, “Dastorqozi_202 MILLIY TAOMLARI”) turoperator mansabdor shaxslari hamda Telegram adminlari yuqoridagi kabi qonunchilik talablari buzilishi yuzasidan maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.
Shuningdek, 12 dan ortiq litsenziyaga ega boʻlmasdan reklama materiallari tarqatayotgan axborot resurslarini yurituvchi shaxslarga aniqlik kiritish maqsadida Ichki ishlar vazirligi, Kiberxavfsizlik markaziga murojaat qilingan.
“Hurmatli fuqarolar, notoʻgʻri, ishonchsiz va shubhali reklama axborotlari berilgan holatlar kuzatilsa yoki bunday axborot tufayli zarar koʻrgan taqdiringizda Raqobat qoʻmitasining yagona ishonch raqami, 1159 ga murojaat qilishingizni soʻraymiz”, — deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring