“Umid qilamanki, kiyimlarim muhtojlarga beriladi”: 10 yoshli falastinlik bolaning vasiyatnomasi BMT Bosh Assambleyasida oʻqib eshittirildi
Фото: «Al Jazeera»
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi yigʻilishida falastinlik 10 yoshli Rasha ismli bolaning vasiyatnomasi tadbirda qatnashayotgan diplomatlarga oʻqib eshittirildi. Bu haqida “Al Jazeera” nashri maʼlum qildi.
Xabarda aytilishicha, joriy yilning iyun oyida Isroilning Gʻazoga qilgan hujumi vaqtida halok boʻlganlardan taʼsirlangan 10 yoshli Rasha ismli falastinlik bolakay oʻz vasiyatnomasini yozishga kirishadi.
Kecha, 24-sentyabr kuni ushbu vasiyatnoma soʻnggi ikki yil davomida Gʻazoda koʻngilli boʻlib ishlab kelgan amerikalik shifokor Tayr Ahmad tomonidan BMT Bosh Assambleyasi qatnashchilariga oʻqib eshittirilgan.
“Agar men shahid boʻlsam yoki olamdan oʻtsam, iltimos, men uchun yigʻlamang, chunki sizning koʻz yoshlaringiz meni azoblaydi. Umid qilamanki, mening kiyimlarim muhtojlarga beriladi”, — deya yozilgan ushbu vasiyatnomada.
Shifokor Ahmadning soʻzlariga koʻra, Rasha oʻz vasiyatnomasida qolgan buyumlari aka-ukalariga boʻlib berilishi kerakligi hamda ota-onasi uning 11 yoshli akasiga koʻp baqirmasligini soʻragan.
Maʼlum boʻlishicha, 10 yoshli Rasha ushbu vasiyatnomasini yozganidan salkam uch oy oʻtib, Isroilning navbatdagi hujumlari oqibatida halok boʻlgan.
Rashaning ushbu vasiyatnomasi 70 dan ortiq davlatdan tashrif buyurgan diplomatlar tomonidan Gʻarbiy Sohil va Gʻazodagi falastinlik bolalarni himoya qilishga qaratilgan maʼruzalar vaqtida oʻqib eshittirilgan.
Gʻazo sogʻliqni saqlash rasmiylari bergan maʼlumotlarga koʻra, 2023-yilning oktyabr oyidan buyon Isroil hujumlari oqibatida Gʻazoda 20 mingdan ortiq bola halok boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring