Ulugʻbek Qosimov Surxondaryo viloyati hokimi lavozimiga tayinlandi
Foto: president.uz
Termiz shahrida Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi sessiyasi boʻlib oʻtdi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.
Sessiyada tashkiliy masala koʻrib chiqildi. Prezident viloyat faollarining bildirgan fikrlari asosida Surxondaryo viloyati hokimi lavozimiga hokim vazifasini bajarib kelayotgan Qosimov Ulugʻbek Berdiqobilovich nomzodini tavsiya etdi.
Nomzodning viloyatda aholi bandligini taʼminlash va daromadini oshirish, qishloq xoʻjaligi va sanoatni rivojlantirish, ijtimoiy sohadagi mavjud muammolarni hal etish boʻyicha rejalari eshitildi va muhokama qilindi.
Soʻng Surxondaryo viloyati hokimini tayinlash masalasi ovozga qoʻyildi. Ovozga qoʻyish natijalariga koʻra, Ulugʻbek Qosimov Surxondaryo viloyatining hokimi etib tasdiqlandi.
Prezident sessiyada bildirilgan reja va takliflardan kelib chiqib, yangi hokim va mutasaddilar oldida viloyatni yanada rivojlantirish boʻyicha turgan vazifalarni belgilab berdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring