Ukrainaning Rossiyaga zarbasi va Isroilning yerosti kasalxonasi shaylantirilmoqda (+video)
Isroil moliya vaziri Gʻazodagi odamlarni ochlikdan oʻldirish “adolatli va axloqiy” ish ekanligini bildirdi
Isroil moliya vaziri Bezalel Smotrich Gʻazo haqidagi soʻnggi izohlari uchun xalqaro tanqidga uchradi. Smotrich HAMAS tomonidan garovga olinganlarni ozod qilish uchun Gʻazodagi odamlarni ochlikdan oʻldirish “adolatli va axloqiy” boʻlishini bildirgan.
Isroil rasmiysining soʻzlari Yevropa Ittifoqi, Fransiya va Buyuk Britaniyaning noroziligiga sabab boʻldi va ular Isroil hukumatini Moliya vazirining bayonotlari boʻyicha tushuntirish berishini soʻrab chiqqan. Smotrich oʻz nutqida Isroil Gʻazoga insonparvarlik yordamini oʻtkazishi xalqaro bosim tufayli boʻlganini daʼvo qildi.
“Dunyoda hech kim bizga ikki million odamni ochlikdan oʻldirishga yoʻl qoʻymaydi, garchi bu garovga olinganlarni ozod qilish uchun adolatli va axloqiy boʻlsa ham”, degan u.
Fransiya ham Smotrichning soʻzlarini tanqid qilib, Gʻazoga insonparvarlik yordamini yetkazish “xalqaro gumanitar huquq doirasidagi majburiyat” ekanini taʼkidladi. Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi bu fikrni qoʻllab-quvvatlab, Isroil hukumatini vazirning soʻzlarini “qaytarib olish va qoralashga” chaqirdi. Xalqaro hamjamiyat bu kabi bayonotlarning oqibatlaridan chuqur xavotir bildirmoqda.
Isroil tomoni Moliya vazirining fikrlariga izoh berishni istamagan. Hozirda jarayonlar taranglashmoqda va hech qanday yaxshilanish yuzaga kelmagan.
Putin Ukrainaning hujumini provokatsiyada ayblamoqda
Moskva janubi-gʻarbiy Kursk viloyatida yirik transchegaraviy hujumga qarshi kurashayotganini aytganidan keyin Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainani katta provokatsiyada aybladi. Aynan janubi-gʻarbiy mintaqada favqulodda holat eʼlon qilingan.
Sogʻliqni saqlash vazirligi chorshanba kuni 31 tinch fuqaro, jumladan, olti bola yaralanganini maʼlum qildi. Viloyat gubernatorining aytishicha, bir kun avval Ukraina qoʻshinlari tanklar va bronetexnika qoʻllab-quvvatlagan holda chegarani buzib kirishi oqibatida besh kishi halok boʻlgan.
“Kiyev rejimi yana bir yirik provokatsiyani boshladi”, degan Putin Ukraina shimolidagi Sumi viloyati bilan chegaradosh Kursk viloyatidagi hujumga ishora qilib.
Ukraina hujum haqida toʻgʻridan-toʻgʻri izoh bermadi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina kuchlari Moskvadan 530 km janubi-gʻarbda joylashgan chegaradagi Sudja shaharchasining shimoli-gʻarbiga siljiyotganini aytdi. Rossiya hujumni qaytarish uchun havo va artilleriya oʻq otish kuchidan foydalanganini maʼlum qilgan, bundan oldin mintaqaga qoʻshimcha kuchlar yuborilgani maʼlum.
Rossiya matbuoti tarqatgan xabarlarida 5 mingga yaqin aholi istiqomat qiladigan shaharning yonayotgani va evakuatsiya qilinmagan aholi esa cherkovlardan boshpana topgani aytilgan. Biroq, yetkazilgan zarar miqdori nomaʼlumligicha qolmoqda.
Vashingtonda joylashgan Urushni oʻrganish instituti 7-avgust kuni oʻzining yangilangan maʼlumotlariga koʻra, geolokatsion tasvirlar Ukraina Rossiya ichida 10 km uzoqqa ilgarilab ketgan boʻlishi mumkinligini koʻrsatmoqda.
Putin bilan uchrashuvda Rossiya Bosh shtab boshligʻi Valeriy Gerasimov Rossiya kuchlari 1000 ga yaqin ukrainalik askarning hujumini toʻxtatganini aytgan.
Ukraina Bosh shtabi Sumi viloyatida janglar avj olgani, rasmiylar 6 mingga yaqin odamni evakuatsiya qilganini taʼkidlagan. Shuningdek, ular hududga yaqin joyda samolyot, vertolyot va ogʻir qurollarni joylashtirgani ammo oldinga siljishga erish olmay katta yoʻqotishlarga uchraganini maʼlum qildi.
AQSH Milliy xavfsizlik kengashi matbuot kotibi Jon Kirbi Qoʻshma Shtatlar Ukrainaga bergan qurollardan faqat chegaraning narigi tomonidagi tahdidlarni nishonga olish mumkinligi boʻyicha siyosatini oʻzgartirmaganini eslatib qoʻydi.
Sudja atrofidagi janglar 14-iyundan beri Rossiya Ukraina qoʻshinlaridan 420 kvadrat kilometr hududni tortib olganini daʼvo qilishi bilan sodir boʻlgan edi.
Isroilning yer osti kasalxonasi hujumga tayyorlanmoqda
Isroilning shimolidagi Hayfa shahrida ulkan yerosti shifoxonasi mavjud. U beton devorlar bilan qoplangan boʻlib, operatsiya xonalari, tugʻruq boʻlimi, tibbiyot anjomlari bilan taʼminlangan. Hozircha u yerda bemorlar yoʻq, kasalxona kutilajak janglar oldidan tayyor holga keltirilmoqda. Ushbu joy 2006-yilgi Isroil-“Hizbulloh” urushidan keyin qurilgan.
Muassasa 2 mingdan ortiq oʻringa ega. Isroilga katta hujum sodir boʻlgan taqdirda, bemorlarni qabul qiladi. Mintaqada keskinlik taranglashgan bir paytda shifokorlar ham janglar tezroq tugashidan umidvor. Hayfa shari Livanga yaqinligi va “Hizbulloh”ning raketalari odamlarni xavotirga soladi.
Ushbu hududda yashovchilar favqulodda vaziyatlarda mashqlar oʻtkazishga oʻrganib qolgan, hatto maktab oʻquvchilari ham hujum sodir boʻlganda nima qilish kerakligini yaxshi bilishadi.
“Bu soatli bombaga oʻxshaydi. Xohlagan vaqtda bu signal chalinishi boʻlishi mumkin. Men oʻlamanmi tirik qolamanmi. Oilamni koʻrishga imkonim boʻladimi boʻlmaydimi bilmayman”, deya oʻz holatini tasvirlagan shu yerlik aholi.
Saksondan oshgan Shahar meri uyqusiz tunlari haqida gapirar ekan, oʻz boʻynida katta masʼuliyat turganligini anglaydi. Yona Yahav 2006-yilgi urush paytida ham shaharni boshqargan.
“Men juda afsusdaman. Rahbarlar qurish oʻrniga vayronagarchilik, oʻldirish, jang bilan shugʻullanadi”, degan shahar meri. Hayfa “aralash shahar” deb atalib, isroillik arablarning katta qismi isroillik yahudiylar bilan birga yashaydigan joydir. Yahavning aytishicha, bu tinch jamiyat ammo hozirgi mojaro vaziyatni yanada ogʻriqli qiladi.
Teylor Svift konserti terakt sabab qoldirildi
ISHID terrorchilari sifatida talqin qilinayotgan shaxslarning tahdidlari sababli Teylor Sviftning konserti qoldirildi.
Qayd etilishicha, Avstriya hukumati teraktning oldini olish maqsadida ikki shaxsni hibsga oldi. Rejalashtirilgan hujum Sviftning yaqinlashib kelayotgan shoularida xavfsizlik choralarining kuchaytirilishiga olib kelgan.
Teylor Svift Venada payshanba, juma va shanba kunlariga rejalashtirilgan konsertini kechiktirishga majbur boʻlgan.
Avstriya jamoat xavfsizligi direktori Frans Ruf 19 yoshli gumonlanuvchining konsertlarda terakt uyushtirishga boʻlgan harakatlari fosh qilinganini bildirgan. Rasmiylar gumonlanuvchining turar joyida portlovchi kimyoviy moddalarni topgan va hozirda tekshirish ishlari davom etmoqda.
Razvedka tashkilotlari Frans Rufning ISHIDga aʼzo ekanligi va internetda radikal fikrlarni ilgari surib kelgani aniqlangan. Hibsga olishda Avstriyaning “Kobra” maxsus guruhi yordam bergan. Rasmiylar gumonlanuvchining potensial hujumga “tayyorgarlik harakatlari” haqida maxsus razvedka tashkilotlari orqali xabar topgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring