Ukrainaning Oʻzbekistondagi elchixonasi murojaat bilan chiqib, fuqarolarni urushda ishtirok etmaslikka chaqirdi

13:45 01 Avgust 2023 Siyosat
5263 0

“Ukrainaning vaqtincha bosib olingan hududlarida olib borilgan jangovar harakatlar paytida Rossiya armiyasi xorijiy fuqarolarni urushga jalb etmoqda. Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi maʼlumotlariga koʻra, vaqtincha ishgʻol qilingan Donesk viloyati Gorlovka shahrida joylashgan Rossiya kuchlarining boʻlinmalarida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari borligi aniqlangan. 

Ushbu shaxslar Ukraina davlat chegarasini noqonuniy kesib oʻtib, Rossiya Federatsiyasi tomonidan vaqtincha bosib olingan Ukraina hududiga qurilish ishlarini olib borish uchun kelgan. Mariupol (Ukraina) shahriga yetib kelganidan soʻng, ularning pasportlari olib qoʻyilgan va bu fuqarolar Rossiya Federatsiyasi kuchlari safiga koʻngilli sifatida safarbar qilingan” deyiladi elchixona xabarida.

Elchixona Oʻzbekiston fuqarolarini Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga qarshi urushida qatnashmaslikka va vaqtincha bosib olingan hududlariga bormaslikka chaqiradi. Ushbu qoidalarni buzganlar Ukraina qonunlari va xalqaro huquq normalari asosida javobgarlikka tortiladi.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Mariupolga qurilishga deb jalb qilingan oʻzbekistonliklarning pasportlari olib qoʻyilgani hamda “koʻngilli” sifatida urushga safarbar qilingani haqida xabarlar tarqalgan edi. Hozircha bunga Oʻzbekiston tomoni hech qanday munosabat bildirmadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер