Ukrainaga yordam berish AQSH uchun sharaf va xavfsizlik masalasidir — AQSH mudofaa vaziri
Illyustrativ foto
Vashington Ukrainaga yordam berishda davom etadi, chunki bu sharaf va AQSHning oʻz xavfsizligi masalasidir. Bu fikrlarni AQSH mudofaa vaziri Lloyd Ostin aytib oʻtdi.
U shu oʻrinda Kiyevning omon qolishi va Vashington xavfsizligi xavf ostida ekanligidan ogohlantirdi.
«Men bugun Amerika xavfsizligiga yordam va oʻq-dorilar yetkazib berishda davom etishga qaror qildim. Va bu Ukraina uchun omon qolish va suverenitet masalasi, bu esa Amerika uchun sharaf va xavfsizlik masalasidir», — deydi u.
Nashrga koʻra, Vashingtonning fikricha, mablagʻ yetishmasligi Ukrainadagi vaziyatga allaqachon taʼsir koʻrsatmoqda.
Shu oʻrinda Petagondagi manba Amerika hukumati Kiyev uchun qoʻshimcha mablagʻ topishi mumkinligini, biroq bu miqdor yetarli boʻlmasligini taʼkidladi.
Avvalroq, AQSH prezidenti Jo Bayden maʼmuriyati AQSH Kongressi Ukrainaga 60 milliard dollarlik harbiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini tasdiqlashdan bosh tortgan taqdirda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan variantlarni tayyorlayotgani maʼlum boʻlgan edi. Aniqlik kiritilishicha, Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonson ushbu qonun loyihasi boʻyicha ovoz berishni tayinlashdan bosh tortgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring