“Ukraina Qoʻshma Shtatlarining 51-shtati emas” — AQSH Kongressida Ukrainadagi mojaroni moliyalashtirishni toʻxtatishga chaqirildi
Foto: AP
AQSH Ukrainadagi mojaroni moliyalashtirishni toʻxtatishi kerak. Xuddi shunday fikrlarni AQSH Vakillar palatasi aʼzosi Marjori Teylor Grin aytdi.
“Bizning chegaralarimiz — bu AQSH tarixidagi eng yomon milliy xavfsizlik inqirozida. AQSH chegaralari xavfsizligini Ukrainadagi yutqazilgan urushni moliyalashtirish bilan aralashtirmaslik kerak”, — deydi kongressmen.
Shu oʻrinda Grin Ukraina Amerika Qoʻshma Shtatlarining 51-shtati emasligini taʼkidladi va mamlakat chegaralari xavfsizligi va Kiyevni koʻp million dollarlik moliyalashtirish masalasini birlashtirishni oʻz ichiga olgan har qanday taklifni amerikaliklarning yuziga tarsaki, deb atadi.
Avvalroq, AQSH Kongressining ayrim aʼzolari Ukrainaga yordam koʻrsatish AQSH prezidentlik saylovlarigacha qoldirilgani haqida fikr bildirgan edi. Ularning fikricha, agar Kiyevga yordam paketini Rojdestvoga qadar kelishib boʻlmasa, u 2024-yil noyabrida boʻlib oʻtadigan prezidentlik saylovlariga qoldirilishi mumkin.
Bungacha, NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg tashkilot Ukrainadagi jangovar harakatlarni kuchaytirishga tayyor boʻlishi kerakligini, shuning uchun Kiyevga harbiy yuklarni yetkazib berishni kuchaytirish kerakligini aytgandi.
Uning soʻzlariga koʻra, NATO jangovar harakatlar va yangi havo va raketa hujumlariga tayyor boʻlishi kerak. Bu NATOga aʼzo davlatlar uchun Kiyevga yordamni yanada kuchaytirish muhimligini anglatadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring