Ukraina olov purkaydigan itlarni jangga kiritdi (+video)
Foto: Gagadget.com
Ukraina Rossiyaga qarshi kurash doirasida harbiy amaliyotlariga robot-itlarni kiritdi. Ushbu robotlar oʻq-dorilarni etkazib berish, kuzatuvni amalga oshirish va frontda askarlarni qoʻllab-quvvatlashga qodir. Yaqinda olingan videoda bu robot-itlardan biri dron tomonidan tashlab ketilgani, soʻngra oʻz-oʻzidan dalada yurganini koʻrish mumkin. Bu haqda “Newsweek” nashri xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, robot itlarning jangga qoʻshilishi Ukrainaga harakatlanish qiyin hududlarda maʼlumot toʻplashning yangi usullarini taklif etadi. Ular razvedka missiyalarini yaxshilashi va Ukrainaga quruqlikdagi operatsiyalarda ustunlik berishi kutilmoqda. Ushbu robot kuchuklar “Medoid” yoki “Honey Badger” deb nomlanuvchi jangovar boʻlinmaning bir qismi sifatida koʻrilmoqda.
Sentyabr boshida tarqalgan videoda robot itning termal kamerasi orqali oʻrmon hududini oʻrganayotgani tasvirlangan. Kiyev robotlarni ilk bor avgust oyida taqdim etgan, ukrainalik askarlar ularni dronlar urushda inqilob qilgandi.
Robot itlar Britaniyaning “Brit Alliance” nomli kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, ulardan 30 dan ortigʻini Ukrainaga taqdim etgan. Kompaniya ushbu robotlar razvedka missiyalarini bajarishning xavfsizroq usulini taklif qilishiga umid qilmoqda. Itlar kichik, tez va aniqlash qiyin, bu ularni yuqori xavfli hududlarda foydalanish uchun ideal variant sifatida taqdim qilgan.
Xitoy va Rossiya soʻnggi yillarda qurolli robot-itlarning oʻz versiyalarini namoyish qilishgandi. “Human Rights Watch” tashkiloti ushbu robot-itlar kabi avtonom qurollardan foydalanish ortib borayotganidan xavotir bildirgan.
Mutaxassislarning taʼkidlashicha, toʻliq avtonom qurollar nazorat qilinmasa, bir kun kelib yadro quroli yoki iqlim oʻzgarishi kabi xavfli boʻlib qolishi mumkin. Bunday texnologiyani xalqaro tartibga solishga chaqiriqlar tobora ortib bormoqda.
Avvalroq, qaysi yengil avtomobil Oʻzbekistonda koʻproq ishlab chiqarilgani haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev: Ezgulik, bilim va maʼrifatni qurol qilib, jaholat va yovuzlik yoʻlini toʻsaylik!
- 17 nafar professor-oʻqituvchiga ilmiy unvon berildi
- Davron Kabulovning otasi “oʻgʻrilik” boʻyicha sudlanib, qariyb 345 mln soʻm jarimaga tortilgani maʼlum boʻldi
- Prezident Shavkat Mirziyoyev Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutiga tashrif buyurdi — Fotoreportaj
- Sen yetim emassan: Odamiylik timsoliga aylangan oila
- Isroil va Eron nizosi yangi bosqichga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring